Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyalik kampirlar maymunlarga qarshi urush e’lon qilishdi

Yaponiyalik kampirlar maymunlarga qarshi urush e’lon qilishdi

Foto: «Fukuishimbun»

Yaponiyaning Fukui prefekturasi Keyisi shahrida istiqomat qiluvchi uch nafar keksa dehqon «Maymunlar ovchisi» otryadini tuzishdi, deb yozadi mahalliy «Fukuishimbun» nashri.

Ta’kidlanishicha, Masako Isimura, Tatsuko Kinosita va Miyuki Ii pnevmatik qurol bilan qurollanib, o‘z uylari atrofida qo‘riqchilik qilishmoqda.

Tajovuzkor makakalar besh yil oldin Keyisini «bosib olishgandi». Jonivorlar yangi yashash sharoitlariga juda tez moslashib, mahalliy aholiga noqulayliklar tug‘dira boshladi. Maymunlar meva-sabzavotlarni yulib ketar, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘rilar, uylarga bostirib kirar va, hatto, odamlarga hujum qilishdan ham tap tortmaydigan bo‘lib ketishdi. Ustiga-ustak, yaqinda maymunlar galasi Keyisida joylashgan budda ibodatxonasiga zarar yetkazishdi.

Rasmiylar yil boshidanoq makakalar muammosini hal qilishni boshlab yuborishgan. Ular shahar aholisiga jonivorlarga qarshi kurashish usullarini o‘rgatishmoqda. Bundan tashqari, shahar ma’muriyati keksa ayollarning maymunlarni qo‘rqitish uchun pnevmatik qurollardan o‘q uzish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi. Qarori qat’iy keksa momolar esa surbet makakalar aniqlangan joyga qo‘ng‘iroq bo‘lgan zahoti yetib borishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring