Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik ayol 100 yil muqaddam yuborilgan maktubni oldi

Amerikalik ayol 100 yil muqaddam yuborilgan maktubni oldi

Foto: «FOX 17»

Amerikada istiqomat qiluvchi Brittani Kich 1920-yilda yuborilgan ochiq xatni oldi, deb yozadi «FOX 17».

Ochiq xat pochta qutisidagi boshqa maktublar orasidan chiqqan. Ochiq xatning burchagiga bir sentlik Jorj Vashington markasi yopishtirilgan va 1920-yil 29-oktyabr sanasi bilan Jeymstaun shtampi urilgan.

Uni yuborgan odam shu yo‘l bilan qarindoshlarini Xellouin bilan tabriklashga qaror qilgan ko‘rinadi. Chunki ochiq xatda mushuk, g‘oz va boyqush bilan birga jodugar kampir tasvirlangan. Rasmning tagida esa «Xellouin bilan tabriklayman. Kim bo‘lishni xohlaysiz? G‘ozmi yoki qovoq kalla?» degan yozuvlari ham bor.

Aftidan, ochiq xatni uyning avvalgi egasi olishi kerak bo‘lgan. Brittani ularni topishga rosa harakat qilib ko‘rgan, lekin barcha urinishlari besamar ketdi. Shu bois ayol topilmani mahalliy tarix muzeyiga topshirmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring