Amerikada «Yil so‘zi» e’lon qilindi
AQShning «Merriam-Webster» lug‘ati «justice» (adolat) so‘zini «yil so‘zi» sifatida e’lon qildi. Bu haqda «Time» xabar berdi. Ushbu so‘zni foydalanuvchilar o‘tgan yilga qaraganda 74 foiz ko‘proq qidirishgan.
Mualliflarning ta’kidlashicha, mazkur so‘zning ko‘p qidirilishi Rossiya tomonidan AQShdagi saylovlarga aralashganlik bilan ham bog‘liq.
Shuningdek kuchli o‘ntalikdan «nationalism» (millatchilik), «feckless» (foydasiz) kabi so‘zlar ham o‘rin olgan.
«Merriam-Webster» 2017-yilda «feminism» so‘zini yil so‘zi sifatida e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter