Amerikada kiberhujumdan 250 ta kasalxona jabr ko‘rdi
Qo‘shma Shtatlarda Universal Health Services kompaniyaning 250ta tibbiyot muassasasi kompyuter tizimlari kiberhujumga uchradi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Kiberhujum sentyabr oyi oxirlarida qayd etilgan. Virusning keng tarqalishini oldini olish maqsadida kompaniya ichki kompyuter tarmoqlarini o‘chirishga majbur bo‘lgan. Biroq, ta’kidlanishicha, kiberhujum tashkilotning barcha shifoxonalari va laboratoriyalaridagi kompyuter tizimlarining ishdan chiqishiga olib kelgan.
Universal Health Services kiberhujum uchun ishlatiladigan zararli dastur turini aniqlay olmadi. Tashkilot tibbiyot muassasalari bemorlarining elektron tibbiy ma’lumotlariga zarar yetmaganiga ishontirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter