Amerika kompaniyalarining eng yaxshi maosh oluvchi rahbarlari ro‘yxati chiqdi
Amerika kompaniyalarining o‘tgan 2018-yilda eng yaxshi maosh to‘langan rahbarlari ro‘yxati chiqdi. Tadbirkor Elon Mask — bu ro‘yxatning eng tepasida. «New York Times» yozishicha, o‘tgan yili u 2,28 mlrd. dollar ishlab topgan.
Ushbu nashr tuzgan ro‘yxatga «Discovery Inc.» rahbari Devid Zaslav ($129 mln.), «T-Mobile US» bosh direktori Jon Lejer ($67 mln.), «The Walt Disney» prezidenti Robert Ayger ($66 mln.) kabi tadbirkorlar ham kirishdi.
Ro‘yxatni tuzishda rahbarlar uchun belgilangan maoshlar, bonuslar, ustamalar va aksiyalardan oladigan daromadlari hisobga olingan.
Maskning maoshi aslida 55 ming AQSh dollariga teng. Qolgan daromadni u kompaniya aksiyalari orqasidan topdi. Masalan, «Tesla» aksiyalari qiymati 4 mln. foizdan ko‘proqqa oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter