Amerika aholisining uchdan bir qismi koronavirusga qarshi emlanish niyati yo‘q
Vaksina tayyor bo‘lganda AQShning har uchinchi fuqarosi yangi koronavirusga qarshi emlanmoqchi emas. Shunga qaramay, 65% aholi vaksina qildirishga tayyor. Bu haqda juma kuni chop etilgan «Gallup» tashkiloti o‘tkazgan so‘rovnoma dalolat bermoqda.
Respondentlardan vaksina bepul taqdim etilsa, emlanish niyati bor-yo‘qligi so‘ralgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovnoma ishtirokchilarining aksariyati (65%) emlanishlarini bildirishgan. Shu bilan birga, 35% respondentlar vaksina qildirmasliklarini aytishgan.
Partiyalarga mansubligi nuqtai nazardan, demokratlarni qo‘llab-quvvatlovchilarning 81%i vaksinatsiya tarafdori ekanliklarini ma’lum qilishgan, respublikachilar orasida esa bu ko‘rsatkich 47%ni tashkil etgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 65 yosh va undan kattalar orasida so‘rovnoma qatnashuvchilarining 70%i vaksinatsiyadan o‘tishni xohlashyapti, 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan respondentlar orasida bu ko‘rsatkich 76%dan oshmagan. Shu bilan birga, 50 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan so‘rovnoma ishtirokchilari orasida atigi 59%i COVID-19ga qarshi emlanish niyati borligini bildirishgan, 41%i esa qarshi chiqishmoqda.
So‘rovnoma 20 iyuldan 2 avgustga qadar o‘tkazilgan. «Gallup» so‘rovnoma ishtirokchilarining aniq sonini ma’lum qilmagan. So‘rovnomaning statistik xatosi 2%ni tashkil etishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter