Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alyaskadagi vertolyot halokatida Chexiyaning eng boy odami vafot etdi

Alyaskadagi vertolyot halokatida Chexiyaning eng boy odami vafot etdi

Foto: «The Washington Post»

 

Avvalroq AQShning Alyaska shtati Byutt shahri yaqinida vertolyot halokatga uchragani haqida xabar bergandik.

Alyaskada vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlar orasida Chexiyaning eng boy tadbirkori, milliarder Pyotr Kelner ham bor. Bu haqda «The Washington Post» xabar bermoqda.

Kelner 17,5 milliard dollar boylikka ega bo‘lib, Yevropa va dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Ma’lumki, muzlikdagi falokat natijasida jami besh kishi halok bo‘lgan. Hukumatning ma’lum qilishicha, halokat qurbonlari katta ehtimol bilan chang‘ida uchishgan.

Boshqa qurbonlarning ham ismlari ma’lum qilindi: Kolorado shtatidan Gregori Xarms, Alabamadan Shon MakManami, Chexiyadan Benjamin Laroshe va vertolyot uchuvchisi — Zaxari Rassel.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring