Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alpinist 600 metr balandlikdan tushib ketdi va omon qoldi

Alpinist 600 metr balandlikdan tushib ketdi va omon qoldi

Yangi Zelandiyada alpinist Taranaki tog‘idan qulab tushdi va qiyalikdan taxminan 600 metrga uchib ketdi. Eng xavfli tog‘lardan biri bo‘lgan balandlikdan yiqilgan alpinist yengil jarohatlar oldi. G‘arb ommaviy axborot vositalari bu voqeani «mo‘’jizaviy omon qolish» deb yozishmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, alpinistga haqiqatan ham omad kulib boqqan, sababi tog‘ yonbag‘irlaridagi qor erib, uning tushishini «yumshatgan».  

Yangi Zelandiya tog‘ turizmi xavfsizligi kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Taranaki mamlakatdagi eng xavfli joylardan biri hisoblanadi. Bu Shimoliy orolning g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan so‘ngan vulqon.

«Uning boshqa tog‘lardan alohida, yakkaligi, qirg‘oqqa yaqinligi va geografik joylashuvi Yangi Zelandiyada eng tez o‘zgaruvchan va og‘ir ob-havo sharoitlariga olib keladi. Ob-havo murakkab landshaft bilan qo‘shilib, o‘ziga xos sharoitlarni yaratadi, eng kichik xatolik ham fojiaga olib kelishi mumkin», — deya tushuntirdi mahalliy hokimiyat vakillari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring