Atambayevga tayinlangan jazo bekor qilindi: ish qaytadan ko‘riladi
Qirg‘iziston Oliy sudi sobiq prezident Almazbek Atambayevga tayinlangan 11- yillik qamoq jazosini bekor qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Oliy sud idorasiga asoslanib xabar berdi.
Atambayevning «jinoiy avtoritet» Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilish to‘g‘risidagi ishi yana ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.
Joriy yil iyun oyida Bishkekning Pervomayskiy tumani sudi Atambayevni 11 yilu ikki oylik qamoq jazosiga hukm qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonni 2011-2017-yillarda idora qilgan sobiq rahbar 2019-yil avgustda o‘z qarorgohida maxsus kuchlar tomonida ushlangan edi.
2020-yil oktyabr oyida sodir bo‘lgan tartibsizliklar fonida Atambayev ozodlikka chiqarildi, ammo bir necha kundan so‘ng, maxsus kuchlar uni yana qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter