Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan 11 yillik qamoq hukmi qayta ko‘riladi
![Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan 11 yillik qamoq hukmi qayta ko‘riladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3401202850.jpg)
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan qo‘llanilgan 11 yillik qamoq jazosi bo‘yicha hukm qayta ko‘rib chiqiladi.
Bu haqda respublika Oliy sudidagi manbaga asoslanib, mamlakat OAVlari yozmoqda.
Qayd etilishicha, ish siyosatchi advokatlarining talabiga binoan Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Atambayev 2011—2017-yillarda Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. U 2019-yil iyun oyida prezidentlik daxlsizligidan mahrum qilingan va korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan.
Shundan so‘ng, Atambayev 2020-yil oktyabr oyida Bishkekdagi namoyishchilar talabiga ko‘ra qisqa muddatga ozodlikka chiqarilgan, biroq bir necha kundan so‘ng u yana hibsga olingan, unga Qirg‘iziston poytaxti markazida ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlik bo‘yicha yangi ayblovlar qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter