Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Allamjonovga tegishli Toshkent imtihon markazi narxlarni keskin oshirdi

Allamjonovga tegishli Toshkent imtihon markazi narxlarni keskin oshirdi

Foto: Imtihon markazi

Shu yilning fevral oyi boshlarida Toshkent imtihon markazi ochilgandi. U poytaxtda haydovchilik guvohnomasini olishga nomzodlarni nazariy va amaliy test sinovlaridan o‘tkazadigan yagona avtomatlashtirilgan imtihon kompleksi hisoblanadi.

Markaz ochilganida nazariy va amaliy test sinovlaridan o‘tish narxi 100 ming so‘m etib belgilangandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent imtihon markazi oradan ko‘p vaqt o‘tmay narxlarni 50 foizga oshirgan.

«Bizning asosiy hamkorlarimiz mamlakatlaridagi beqaror iqtisodiy vaziyat, mamlakatimizda inflyasiyaning tezlashishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan valyuta kursining keskin o‘zgarishi munosabati bilan yuqori sifat va xizmat ko‘rsatish darajasini saqlab qolish uchun 1 apreldan boshlab Toshkent imtihon markazi nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun birinchi urinish narxini 150 000 so‘mgacha oshirishga majbur», deyiladi markaz e’lonida.

Izohda dollar kursi o‘zgarishi Toshkent imtihon markazi faoliyatiga qanday bog‘liqligiga aniqlik kiritilmagan.

Biroz avvalroq markazning o‘zida imtihonlardan o‘ta olmagan nomzodlar soni ko‘pligi sababli unga tayyorlanish uchun ekspress kurslar ham tashkil qilingandi. Qisqa kurslarning narxlari 1 million so‘mdan 5 million so‘mgacha etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev davlat imtihon olish markazlari Prezident qaroriga zid ravishda yopilganini ma’lum qilgandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Prezident qarori talablariga zid harakatlar sodir etilayotganligi sababli Hukumatga kiritish uchun tegishli taklif ishlab chiqqani qayd etilgandi.

«Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi javobi asosida biz ham endi hukumat va hukumat  a’zolariga so‘rov kiritamiz», – deb yozgandi Rasul Kusherbayev.

Kusherbayevning bu chiqishiga javoban Komil Allamjonov «Toshkent shahri uchun xizmat ko‘rsatayotgan hozircha yagona bo‘lib turgan imtihon markazi to‘liq Prezident va Vazirlar Mahkamasining qaroriga mos ravishda faoliyat yuritmoqda», deya ta’kidlagandi.

«Soqqa» qilishga kelsak, aynan «soqqa» har sohaning drayveridir. Sizningcha fikrlansa, siz ham faqat «soqqa» uchun ishlaysiz va «soqqa qilasiz», chunki tekinga ishlamaysizku (o‘zingiz aytgansiz shu gapni, video ilovada). Aslida «soqqa» qilish gunoh emas. Jinoyat ham emas. Albatta, uni qanday qilish muhim,degandi Allamjonov.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring