Alkogolli mahsulotlarning narxi oshadi
Moliya vazirligi «Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida»gi idoralararo qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Qarorga ko‘ra, 15 martdan O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, yangi miqdorlarni belgilash taklif etilmoqda.
Hujjatga muvofiq, spirtli ichimliklarning (pivodan tashqari) quyidagi narxlari belgilandi:
Vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 11 200 so‘m (ilgari 9 400 so‘m);
- eng kam chakana narx – 13 200 so‘m (ilgari 11 200 so‘m).
konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
- Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 41 200 so‘m (ilgari 33 000 so‘m);
- eng kam chakana narx – 49 400 so‘m (ilgari 39 000 so‘m).
aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
- Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 28 600 so‘m (ilgari 24 000 so‘m);
- eng kam chakana narx – 34 400 so‘m (ilgari 28 500 so‘m).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda alkogolli ichimliklar (pivodan tashqari) minimal ulgurji va chakana narxlari bunga qadar Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 29 sentyabrdagi qo‘shma qarori bilan 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab oshirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter