Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov «yangi oltin» davri boshlanishini bashorat qildi

Alisher Usmonov «yangi oltin» davri boshlanishini bashorat qildi

Foto: «VisualRian»

Mis «yangi oltin», «yangi neft»ga aylanadi: u past uglerodli iqtisodiyot va telekommunikatsiyalar, elektromobillar, tiklanuvchi energiya tizimlari, uglerodning tutib olinishi va saqlanishi kabi yuqori texnologiyali sohalarda almashmas o‘ringa ega. USM va «Metalloinvest» xoldinglari asoschisi Alisher Usmonov Jahon iqtisodiy forumida taqdim etgan maqolada shunday deyiladi.

Biroq misni qazib oluvchi va ishlov beruvchi global kompaniyalar deyarli so‘nggi kuch bilan ishlayapti. Bozordagi yuqori talab va aksincha, taklifning kamligi narxlarning keskin oshib ketishiga sabab bo‘ldi. 2021-yilning may va oktyabr oylarida mis narxlari rekord darajada oshib, tonnasi qariyb 11 000 dollarga yetib to‘xtadi.

Xalqaro energetika agentligi hisob-kitoblariga qaraganda, 2040-yilga borib foydali qazilmalar orasida grafit, mis va nikelga talab eng yuqori bo‘ladi. «Bu yil ekologik toza energetika texnologiyalarida foydalanish uchun misga talab 2020-yildagiga nisbatan 2,7 baravar yuqori bo‘ladi», — dedi Usmonov.

Misning eng yirik iste’molchisi — Xitoy iqtisodiyoti tinmay o‘sib boryapti va hademay AQShdan o‘zib ketadi. Xitoyning misga ehtiyoji oshib boraveradi.

«Bank of America» chiqindilar chiqarishni «toza nul»ga yetkazish uchun zarur texnologiyalar sohasida misga talabning an’anaviy yillik o‘sishini 3,6 foizga baholadi. Bu texnologiyalar — elektromobillar uchun energetika, mis va akkumulyatorlar. Mis boshqa metallarga nisbatan yaxshi elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Shuning uchun ham «yashil energetika» asri misni «yangi oltin»ga aylantiradi, dedi Alisher Usmonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring