Alisher Usmonov Sardobadagi fojia munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga xat yozdi
Milliarder Alisher Usmonov Sardobadagi fojia munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga xat yozdi. Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov suv ombori toshqinida jabr ko‘rganlar uchun 10 million dollar xayriya ajratgani xabar qilingan edi.
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Bolaligim va yoshlik yillarim o‘tgan ona yurtimdagi aka-ukalarim va opa-singillarim bilan hozirgi epidemiologik qiyinchiliklarga sherik bo‘lar ekanman, Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan fojia haqidagi xabarni, shuningdek, uni odamlarimiz munosib va mardona qabul qilganligini qalbimda og‘riq bilan his qildim.
Muqaddas Ramazon oyida Ollohning o‘zi meni Vatanimga chorladi, zero bu kunlarda biz yordamga muhtoj odamlarga alohida g‘amxo‘rlik qilishimiz va ko‘mak berishimiz kerak. Biz quvonchli damlarda ham, boshga g‘am-tashvish tushganda ham, bir-birimizni yelkama-yelka turib qo‘llab-quvvatlaymiz. Men xalqimizning taqdiriga befarq qarab tura olmayman va shu sababli suv toshqinidan jabrlanganlar turmushini tiklash va yaxshilash, talafot oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga yordam ko‘rsatish uchun 10 million dollar berayapman.
Men xalqimizning duolariga qo‘shilib, ularning boshiga tushgan kutilmagan sinovlardan tezroq xalos qilishini Allohdan so‘rab qolaman.
Hurmat bilan, Alisher USMONOV
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter