Alisher Shodmonov o‘z vazifasiga qaytdi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolash muolajalarini olayotgani haqida avval xabar berilgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qilishicha, shifokorlar sa’y-harakati bilan salomatligi tiklangan vazir odatdagidek o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Avvalroq, Alisher Shodmonov davolanayotgani sabab Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Anvarovich Musayevga bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter