Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Qodirov prezidentlikka nomzodini qo‘ymaydi

Alisher Qodirov prezidentlikka nomzodini qo‘ymaydi

«Milliy tiklanish» partiyasi O‘zLiDeP bilan birgalikda prezident – Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Bugun, 13 may kuni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenum qatnashchilari Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.

Plenumda muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ilgari surish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Hamzayev, Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, «Adolat» SD partiyasidan Roba Mahmudova, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishi ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring