Alisher Qodirov O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqlandi
«Milliy tiklanish» partiyasining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning nomzodini tasdiqlagan.
«Nomzod s’yezd delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlandi»,—deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, saylovlar 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu saylovda beshta partiyadan nomzodlar qatnashishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter