Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Nikimbayev: «Mirabror Usmonovga O‘FF prezidenti bo‘lish og‘irlik qilardi»

Alisher Nikimbayev: «Mirabror Usmonovga O‘FF prezidenti bo‘lish og‘irlik qilardi»

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev marhum Mirabror Usmonov haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Muborak Hayit kunlarida odatda o‘tganlar yodga olinadi. Bugun O‘FFning sobiq prezidenti Mirabror Usmonovni eslab o‘tishni istagan bo‘lardim. U haqidagi ikkita u qadar ma’lum bo‘lmagan faktlarni aytib o‘taman:

1. Usmonov O‘FFni boshqargan 12 yillik faoliyati davomida biror marta tashkilot hisobidan samolyotga chipta olmagan edi. U har doim chiptalarni o‘z puliga sotib olardi.

2. Usmonov uchun O‘FF prezidentligi lavozimi juda og‘irlik qilardi. Shu bois 2009 yildayoq lavozimni topshirmoqchi bo‘ldi, ammo ikkinchi muddatga saylanishga majbur bo‘ldi.

2010 yilda esa u o‘ziga o‘rinbosar topib qo‘ydi – o‘sha vaqtdagi ayollar futboli assotsiatsiyasi rahbari Alisher Sultonov. Mirabror Zufarovich ilk marta bu haqda FIFA vakili Monika Shtaab bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tgandi.

2012 yilning bahorida esa Mirabror Usmonov FIFA prezidenti Yozef Blatter bilan bo‘lgan uchrashuvda Alisher Sultonovni o‘z vorisi sifatida tanishtirdi.

Kim biladi deysiz, agar o‘shanda Usmonov boshqaruvni topshirish bo‘yicha rejalarini amalga oshirganda futbolimizda hozirgi inqiroz bo‘lmasmidi», – deydi Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, Mirabror Usmonov 2019 yilning 12 martida vafot etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring