Xayriya fondiga Mirabror Usmonov nomi berildi
«Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondining nomi Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi deb o‘zgartirildi.
Fond o‘z faoliyatini 2017 yil 14 iyuldagi Prezident qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib davom ettiradi. Ya’ni aholining ijtimoiy, moliyaviy ko‘makka muhtoj bo‘lgan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, deyiladi O‘zA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, senator Mirabror Usmonov uzoq yillar O‘zbekiston futbol federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter