Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliyev va Erdo‘g‘on yangi havo bandargohini ochib berdi

Aliyev va Erdo‘g‘on yangi havo bandargohini ochib berdi

Bugun, 20-oktyabr kuni Ozarbayjonning Zangilan shahrida yangi xalqaro aeroport foydalanishga topshirildi. Havo bandargohi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan ochib berildi. Shu tariqa Erdo‘g‘on yangi aeroportga tashrif buyurgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.

Prezidentlar yangi inshootdagi shart-sharoit bilan tanishgan, ularga aeroportning ramziy kaliti topshirilgan.

Zangilan xalqaro aeroporti bir yarim yil davomida barpo etildi. Bu –  Ozarbayjonning ishg‘oldan ozod etilgan hududlarida bunyod etilgan ikkinchi aeroportdir. Shahar roppa-rosa ikki yil avval – 2020-yil 20-oktyabr kuni Armaniston qurolli kuchlari nazoratidan Ozarbayjon tasarrufiga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 26-oktyabr kuni Qorabog‘ mintaqasida dastlabki havo bandargohi – Fuzuliy xalqaro aeroporti foydalanishga topshirilgan, uni ham prezidentlar I.Aliyev va R.T.Erdo‘g‘on ochib bergan edi.

Ikki xalqaro aeroport hayot qayta jonlanayotgan mintaqada transport, turizm va savdo-sotiq rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring