Aleksandr Vasilev: «Rossiyada ro‘mol o‘rash moda bo‘ladi»
Taniqli moda eksperti Aleksandr Vasilev Rossiyada kelajakda musulmoncha uslubdagi ro‘mollar moda bo‘lishini bashorat qilmoqda, deb xabar berdi «Sputnik».
«Bugun istalgan modalar saytining ochsangiz, yangi yil uchun eng ommaviy maslahat — qanday qilib ro‘mol o‘rash. Men buni besh yil oldin bashorat qilgandim. O‘shanda menga — biz barbir ro‘molda yurmaymiz deyishgandi. Men esa — jon deb ro‘mol o‘rab yurasizlar degandim. Musulmonlar ko‘p bo‘lgan malakatda ertami-kechmi shunday uslub moda bo‘lishi aniq. Rossiyada esa musulmonlar ko‘p», — deydi Vasilev.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Vasilev Rossiyaning «Birinchi kanali»da «Modniy prigovor» teleko‘rsatuvini olib boradi. Vasilev har doim O‘zbekistonda ishlab chiqilgan an’anaviy matolar, kiyimlarni juda yuqori baholaydi. Undan tashqari u har yili moda olamida ishlaydigan bir guruh mutaxasisslar bilan O‘zbekistonga sayohat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter