Farg‘onada maktab direktori 14 yoshli o‘quvchi qizni do‘pposladi
Bir muddat oldin ayrim OAV Farg‘onada o‘quvchi qizning dars vaqtida ro‘mol (hijob)da bo‘lgani sababli maktab direktori tomonidan kaltaklangani aytilgan xabarlar tarqalgan edi.
Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga olganini ma’lum qilib, vaziyatga doir ayrim tafsilotlarni keltirmoqda.
Unda aytilishicha, Buvayda tumanidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda joriy yilning 17-may kuni algebra darsida 7-sinf o‘quvchisi N.M. (qiz bola, 2010 yilda tug‘ilgan) sinfdosh o‘rtog‘i X.X. (o‘g‘il bola) bilan og‘zaki tortishib, bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng sinf xonasiga maktab direktori Q.R. (ayol) kirib kelgan. Algebra o‘qituvchisi esa unga o‘quvchilarning o‘zaro tortishganini aytgan.
Maktab direktori R.Q. qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda ro‘mol o‘rab kelganligini so‘rab, ro‘molni yechishni aytgan.
N.M. maktab direktoriga go‘yoki gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini aytgani uchun direktor qizni urib, unga jarohat yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter