Alsgeymer kasalligiga chalinmaslik uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqatlar
Tolaga boy oziq-ovqatlar Alsgeymer kasalligi va depressiya xavfini kamaytirishga yordam beradi. U hazm bo‘lganda, organizm qisqa zanjirli yog‘ kislotalarini ishlab chiqaradi. Bu haqda britaniyalik diyetolog Emili Liming ma’lumot berdi.
Mutaxassisning eslatishicha, oziq-ovqatning ayrim turlari qayta ishlanganda metabolitlar deb ataladigan moddalar ajralib chiqadi. Ular maxsus ichak bakteriyalari tomonidan ishlab chiqariladi.
Qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ruhiy salomatlik uchun ayniqsa muhim metabolitlar hisoblanadi. Ular kuchli yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega molekulalardir.
Diyetologning fikriga ko‘ra, ruhiy tushkunlik, Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini rivojlanish xavfidan biri bu miyaning surunkali, past darajadagi yallig‘lanishi. Bunday patologiyaga ega bo‘lgan odamlar organizmida odatda qisqa zanjirli yog‘ kislotalari miqdorini kamaygan bo‘ladi.
Miya uchun zarur bo‘lgan metabolitlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun parhezshunos sabzavot, meva, yong‘oq, don va dukkakli ekinlarni iste’mol qilishni maslahat berdi. Bu oziq-ovqatlarning barchasi tolaga boy, deb yozadi The Daily Mail.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter