Alabamada sirli qo‘ng‘iroq, otishma va qurbonlar
![Alabamada sirli qo‘ng‘iroq, otishma va qurbonlar](https://static.xabaruz.com/crop/6/6/720_460_95_661175676.jpg)
Amerikaning Alabama shtati politsiyasiga telefon orqali otishma haqida xabar kelib tushganidan so‘ng politsiyachilar voqea joyiga yetib borishganida yetti kishining murdasiga duch kelishgan, deya xabar berdi Morgan okrugi sherif idorasi.
«Tergov davom etmoqda. Bevosita voqea joyida xavf-xatar yo‘q. Qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Katta yoshli erkak va ayollardan iborat yetti kishi halok bo‘lgan», — deyiladi «Facebook»da chop etilgan xabarda.
«RIA Novosti»ning yozishicha, kechasi telefon orqali otishma haqida xabar kelib tushgandan so‘ng politsiya voqea joyiga yetib borgan. Gumondor shaxslar yoki jinoyat sabablari haqida ma’lumot berilmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter