Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT xizmatlarining iqtisodiyotdagi ulushi haqida ma’lumot berildi

AKT xizmatlarining iqtisodiyotdagi ulushi haqida ma’lumot berildi

2022-yilning yanvar-iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,8 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,1 foizga, 2020-yilning mos davriga nisbatan esa 0,3 foizga oshgan.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 68,3 foizi aloqa xizmatlari, 18,2 foizi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar, 6,1 foizi ma’lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar, Veb-portallar, 4,8 foizi kompyuterlar va aloqa uskunalarini ta’mirlash xizmatlari, qolgan 2,6 foizi dasturiy ta’minotni chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring