AKT vazirligi xodimlari sertifikatli bo‘ldi
Shu yilning 12-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari va tizimdagi tashkilotlar rahbar xodimlarining 15 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida «Zamonaviy menejment» va «Boshqaruv mahorati» yo‘nalishlari bo‘yicha malakalarini oshirib, sertifikatlar bilan taqdirlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari va tizimdagi tashkilotlar rahbar xodimlarining yana 100 nafari Davlat boshqaruvi akademiyasida malakalarini oshirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter