Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi tizimida to‘rtta boshqarma tashkil etildi

AKT vazirligi tizimida to‘rtta boshqarma tashkil etildi

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida to‘rtta quyidagi tarkibiy bo‘linmalar tashkil etildi:

  • Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasi;
  • Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bosh boshqarmasi;
  • Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi;
  • Axborot xavfsizligi boshqarmasi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari  — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi hamda «Xavfsiz shahar» kompleksini tashkil qilish loyihasini keng qo‘lamda va sifatli amalga oshirishga mas’ul Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimlari bekor qilindi.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi, Markaziy apparati tuzilmasi va hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.

Hududiy boshqarma boshliqlari maqomi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlariga tenglashtirildi.

Hujjat matni bilan www.lex.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring