AKT vazirligi jamoasi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

Bugun, 2 sentyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qo‘ydi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2 sentyabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi an’anaga aylangan, deb yozadi AKT vazirligi axborot xizmati.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter