AKT vazirligi jamoasi «Bosh vazir kubogi-2020»ni yirik g‘alaba bilan boshladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi terma jamoasi futbol bo‘yicha «Bosh vazir kubogi–2020» musobaqasini yirik g‘alaba bilan boshladi.
«Bunyodkor» futbol akademiyasining mashg‘ulot maydonlarida futbol bo‘yicha «Bosh vazir kubogi–2020» musobaqasiga start berildi.
Ushbu turnir Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Musobaqaga jiddiy yondashgan holda puxta tayyorgarlik ko‘rgan AKT vazirligi terma jamoasi o‘zining dastlabki uchrashuvini O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi jamoasiga qarshi o‘tkazdi va uchrashuvda to‘liq ustunlikka erishib, 7:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 64 jamoa qatnashayotgan bahslar 12-oktyabrgacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter