Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Yaponiya elchisi bilan muhim masalalarni muhokama qildi

AKT vaziri Yaponiya elchisi bilan muhim masalalarni muhokama qildi

22-noyabr kuni AKT vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik, sohalari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishda sohadagi ishlarni hamkorlikda amalga oshirishni alohida ta’kidladi.

Yoshinori Fujiyama O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-sentyabr kuni qabul qilingan «Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’yi-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring