AKT vaziri shayx Muhammad Abdulaziz Al-Ajlan bilan uchrashdi
2018-yilning 16-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «Ajlan & Bros.» kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) guruhi raisining o‘rinbosari, shayx Muhammad Abdulaziz Al-Ajlan bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar elektron tijorat, elektron to‘lovlar, raqamli savdo platformalari uchun «aqlli tizim» hamda boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun sarmoyaviy hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Saudiyalik tadbirkor «Ajlan & Bros.» kompaniyasi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘zbekistonda katta salohiyat ko‘rayotganini ta’kidladi.
Muzokaralar natijasida har ikki tomon 2018-yilning sentyabridan boshlab investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda davom ettirish, hamkorlik yuzasidan tegishli hujjatlarni imzolashga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter