Bugun, 24-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim bilan
uchrashdi.
Uchrashuv doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, shu jumladan, hamkor davlatlarda raqamlashtirish jarayonlarini jaddalashtirish dasturini ishlab chiqish va Turkiy kengashga a’zo davlatlarning raqobatbardoshligini kuchaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Binali Yildirim O‘zbekiston bilan do‘stona siyosat olib borish, Turkiy kengash a’zolari bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan turli sohalarda, jumladan, AKT sohasida ham mustahkam va samarali aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mahalliy IT-kompaniyalarning Turkiy kengash hududida faoliyatini kengaytirish hamda Kengashga a’zo mamlakatlar bozorida mahalliy kompaniyalar bilan biznes hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter