Akasining ta’ziyasidan qaytgan shaxs turmush o‘rtog‘i va uning ulfatlarini pichoqladi
2021-yil 18-mart kuni taxminan soat 23:30larda Zarafshon shahar 6-kichik tumanda yashovchi fuqaro B.M Konimex tumanidan akasining ta’ziyasidan uyiga kelgan, uyida turmush o‘rtog‘i T.N yo‘qligini ko‘rib, unga qo‘ng‘iroq qiladi.
Shunda turmush o‘rtog‘i Zarafshon shahar 1-kichik tumanida tanishi Z.Bning uyida ekanligini, shu manzilga kelishishi aytgan.
B.M soat taxminan 00:30larda turmush o‘rtog‘i aytgan manzilga kelganda, u yerda turmush o‘rtog‘i T.N va Z.B, ularning tanishi P.Alar spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganini ko‘rgan. Z.B fuqaro B.Mga bir dona aroq olib kelishini so‘ragan.
Shundan so‘ng, fuqaro B.M aroq olib kelgan va «ulfatlar»ga qo‘shilgan. Shu vaqtda ular o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal natijasida fuqaro B.M stol ustida turgan oshxona pichog‘ini olib, dastlab, Z.Bning bo‘yin sohasiga 1 marotaba va ko‘krak qismiga 2 marotaba urib jarohat yetkazgan.
So‘ngra, u o‘zining harakatlarini davom ettirib, fuqaro P.Aning o‘ng ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan 1 marotaba, so‘ngra turmush o‘rtog‘i T.Nning yelka qismiga 2 marotaba pichoq urib jarohat yetkazgan.
Turmush o‘rtog‘i unga o‘ldirmasligini aytib yalinishi natijasida u harakatlarini to‘xtatgan va stol ustida turgan shu uyning kalitini olib, tashqi tomonidan qulflab chiqib ketgan. Fuqaro T.N IIB va tez yordamga qo‘ng‘iroq qilib xabar bergan.
Biroq, fuqaro Z.B olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyining o‘zida vafot etgan, T.N va P.Alar shifoxonaga olib ketilgan.
Zarafshon shahar Ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan xabar yuzasidan zudlik bilan fuqaro B.Mni ushlash choralari ko‘rilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro B.M Zarafshon shahar 7-kichik tuman 3-uy oldida IIB PPX xodimlari tomonidan ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter