Endi uy sotib olganlar kommunal idoralarga yugurib yurmaydi
Siz (yoki tanishlaringiz) ko‘chmas mulk sotib olganingizdan so‘ng tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv ta’minoti va boshqa kommunal idoralar bilan shartnomalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishingizga to‘g‘ri keladi. Tanish va anchayin yoqimsiz manzara, shunday emasmi?!
Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qilishicha, ana shu ovoragarchilikka tez orada chek qo‘yiladi. Ya’ni mamlakatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, avgust oyidan boshlab mazkur tartiblar bekor qilinadi.
Qanday qilib?
Buning uchun idoralararo ma’lumot almashinuvi platformasiga ulangan maxsus veb-servis ishlab chiqiladi. Ya’ni, ko‘chmas mulk qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng, notariuslar ushbu tizimga mulk egasi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotni kiritishadi. Bu ma’lumotlar barcha tegishli kommunal tashkilotlarda onlayn tarzda ko‘rinadi.
Biz, siz — hammamiz endi mazkur tashkilotlarga borib, qimmatli vaqtimizni sarflashimizga hojat qolmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter