24 mln AQSh dollari! DXM xodimi katta miqdordagi pul bilan qo‘lga olindi
Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, u o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln AQSh dollariga sotib olib berishini aytib, yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln AQSh dollari berishini talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 200 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter