Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholining ayrim toifalariga 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi

Aholining ayrim toifalariga 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi

Foto:«Xabar.uz»

«Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5204-son, 30.07.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yilning avgust oyida aholining quyidagi qatlamlariga 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to‘lmagan farzandlariga;

- nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan bolalarga.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari – «Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari sonidan kelib chiqib, to‘lov vedomostlarini shakllantiradi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari orqali ularga moddiy yordam pullarining joriy yil 25 avgustga qadar manzilli yetkazilishini ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring