Har bir bolaga 200 ming so‘mdan pul ajratilayotgani rostmi? Izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlar, Telegram messendjeridagi kanal va guruhlarda go‘yoki O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga sovg‘a sifatida barcha bolalarga 200 ming so‘mdan tarqatilishiga oid xabarlar tarqalmoqda.
Antifake kanali ushbu xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident farmoni bilan pensioner, kam ta’minlangan va nogironlarga bir martalik yordam puli ajratilishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter