Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholidan pilla sotib olish narxlari oshiriladi

Aholidan pilla sotib olish narxlari oshiriladi

Prezident o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ipakchilik, jun sanoati va kovrak yetishtirishni rivojlantirish masalalariga ham to‘xtab o‘tildi. 

– Kuni kecha men ipakchilik, jun sanoati va kovrak yetishtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladim. Umuman, men hokimlarni yana bir bor ogohlantirmoqchiman. Bu sohalar bilan bugundan boshlab shaxsan o‘zlari shug‘ullanishga mas’ul bo‘ladi. Bu qarordan eng asosiy maqsad – qishloqda bandlikni ta’minlash orqali aholi daromadini oshirish, – dedi davlatimiz rahbari.

Ma’lumki, yangi qarorga ko‘ra, pilla boquvchilarga uni sotishdan tushgan puldan tashqari har bir kilogramm pilla uchun davlat tomonidan qo‘shimcha 5 ming so‘mdan subsidiya beriladi.

Shuningdek, sohadagi tadbirkorlarning tashabbusi bilan pillani aholidan sotib olish narxi 10 foizga oshirilib, 1 kilogramm pilla narxi 25 ming so‘mga yetkazildi (2016-yilda 8 ming so‘m, o‘tgan yilda 20 ming so‘m bo‘lgan). Ya’ni, endi qishloqda ikki quti pilla boqqan oila 1 kilogramm pilla uchun 30 ming so‘m, bir oyda 3,4 million so‘m daromad topadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring