Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi ishlab chiqilmoqda

Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi ishlab chiqilmoqda

2022-yil 24-martdagi Prezidentning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan «ochiq muloqoti»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqdi.

Ushbu Kodeks aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
  • fuqarolarga xavfsiz, samarali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash;
  • fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish;
  • aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash;
  • davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.

O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini kodeksi loyihasini umumiy va maxsus qismlarda jami 5 ta bob, 200 moddada bayon etilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlar 76 ta qonun va 400 dan ortiq qonunosti hujjati bilan tartibga solinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring