Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi qo‘lida qancha yuk avtomobili borligi ma’lum qilindi

Aholi qo‘lida qancha yuk avtomobili borligi ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli yuk avtomobillar soni qancha ekani ma’lum bo‘ldi. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuk avtomobillari soni 240 917 tani tashkil etgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ushbu ko‘rsatkich 219 628 tani tashkil etgan bo‘lib, bir yil davomida jismoniy shaxslarga tegishli yuk avtomobillari soni 21 289 taga ko‘paygan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar jami soni 3 637 119 tani tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring