Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Agrobank»dan ikki yangi loyiha – «Agromarkaz» va «Agrozamin – O‘zimizniki»

«Agrobank»dan ikki yangi loyiha – «Agromarkaz» va «Agrozamin – O‘zimizniki»

3 iyun soat 18:00 da Toshkent shahridagi Yapon bog‘ida Agrobank o‘z ekotizimi doirasidagi yangi 2 ta loyihasini taqdim qildi: «Agromarkaz» qishloq xo‘jaligidagi servislar va »Agrozamin – O‘zimizniki» platformasi.

«Agromarkaz» qishloq xo‘jaligidagi barcha zarur xizmatlarni jamlab, sohadagi jarayonlarni yanada moslashuvchan holga keltiradi. «Agrozamin – O‘zimizniki» esa butun mamlakat bo‘ylab qishloq xo‘jaligi sohasi, jumladan tomorqa yer egalari uchun xizmat qiladi.

«Agromarkaz» – shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari egalari uchun xizmatlarni taklif etadigan kompleks xizmatlar markazi hisoblanadi. Markaz xizmatlaridan: 
tomorqa yer egalari;
dehqonlar;
fermer xo‘jaliklari va klasterlar ham foydalanishi mumkin.

Markazlar yagona «Agromarkaz» dizayni va taniqlik belgisi bazasida quriladi va jihozlanadi. Loyiha doirasida respublikaning 167 tumanida tashkil qilinmoqda.

«Agromarkaz»ning asosiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

Agrolab – o‘simlik va tuproq diagnostikasi bo‘yicha zamonaviy laboratoriya. Yer unumdorligi, oziq moddalarning yetib borishi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish darajasi, namlikning mavjudligi, o‘simliklarni turli hasharotlardan himoya qilish va ularni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash kabi xizmatlarni ko‘rsatadi;  
Agromarket – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari do‘koni.
Agronom, veterinar va laboratoriya mutaxassisi konsultatsiyasi.
Agromarkaz tasarrufidagi mini-texnika yordamida ferma yoki bog‘larda xizmat ko‘rsatish;
Call Center – yagona raqam bo‘yicha maslahat va xizmatlar olishni tashkillashtirish;


Avtomatlashtirilgan bank xizmatlari markazi

«Agrozamin – O‘zimizniki» — bu fermer va tomorqa yer egalari uchun maxsus chakana savdo platformasi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ular yetishtirgan yoki ishlab chiqargan mahsulotni tez va oson sotish imkoniyati taqdim etiladi.

Xaridorlar esa o‘zlariga kerakli tovarni qulay qidiruv tizimi orqali topishi, buyurtma qilishi va sotib olishi mumkin bo‘ladi. Servis katalogi agrar soha bilan bog‘liq 100dan ortiq yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Savdo platformasidan veb-sayt, shuningdek, Android i iOS mobil ilovalari orqali foydalanish mumkin.

Platformada agrobiznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator xizmatlar joriy etilgan.

Yer egalariga qishloq xo‘jaligi sohasidagi ekspertlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyatini beruvchi Onlayn-konsultant xizmati yo‘lga qo‘yildi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar muayyan sohadagi malakali mutaxassislar, masalan, agronom yoki veterinarlar konsultatsiyasidan foydalanishi mumkin. Suhbat onlayn-videokonferensiya yoki chat orqali yozma shaklda o‘tkaziladi.

Shunday qilib, Agrobank mamlakat iqtisodiyotidagi muhim yo‘nalishlarni yaxshilash tizimini qurishda yana bir katta qadamni qo‘ymoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring