Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Agrobank» sobiq mansabdorlari qancha pul o‘zlashtirgani aytildi

«Agrobank» sobiq mansabdorlari qancha pul o‘zlashtirgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada «Agrobank» sobiq mansabdorlari omonatchining pullarini o‘zlashtirib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan «Agrobank» ATB matbuot xizmati izoh berdi

Ma’lum qilinishicha, bankning ichki audit xizmati tomonidan Farg‘ona filialida o‘tkazilgan audit tekshiruvlari davomida filial boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelgan X.O. va boshqalar tomonidan bankka 600 mln so‘m pul topshirgan omonatchining ushbu pul mablag‘larini 2023 yil mart oyida boshqa maqsadlarda chiqim qilib, omonatchining plastik kartasiga o‘zlarining pullaridan bank orqali oyma-oy pul o‘tkazib kelishgani, o‘zlariga ishonib topshirilgan pul mablag‘larni o‘zlashtirib yuborishgani aniqlangan.

Shuningdek, ichki audit xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda bankning sobiq mas’ul filial xodimlari tomonidan «Fergana-Oseana» mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining 1,5 mlrd so‘m mablag‘lari qalbaki hujjatlar asosida o‘zlashtirib yuborganligi ham ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, tekshiruv davomida bankning sobiq mansabdor shaxslari tomonidan kunlik kassa hujjatlari ma’lumotlarini soxtalashtirish yo‘li bilan 1,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborilganligi fosh etilgan.

Tegishli hujjatlar asosida bankning Farg‘ona filiali sobiq mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli ayblov e’lon qilinib, JKning 167-moddasi 3-qismi «a, g» bandi va boshqa moddalari bilan tegishli jazolar tayinlangan va yetkazilgan zararlar aybdorlardan undirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring