Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MChJ mas’ullari kommunal xizmatlar uchun tushgan mablag‘larni o‘zlashtirdi

MChJ mas’ullari kommunal xizmatlar uchun tushgan mablag‘larni o‘zlashtirdi

Foto: Xabar.uz

Yashnobod tumanida aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan MChJ mas’ul shaxslari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «V.E.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan 264,7 mln so‘mni MChJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring