«Agar Putin yadroviy quroldan foydalanmoqchi bo‘lmasa, nega doimo u haqida gapiradi?» – Bayden

AQSh prezidenti Jo Bayden NewsNation telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish niyatida emasligi haqidagi so‘zlariga shubha bilan qaradi.
«Agar uning niyati yo‘q bo‘lsa, nega u bu haqda gapiradi? Nega u taktik yadro qurolidan foydalanish qobiliyati haqida gapiradi?», deydi AQSh prezidenti NewsNation telekanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Putin payshanba kungi nutqida Rossiya yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilmagani va faqat G‘arb yetakchilarining yadroviy shantajiga javob berganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter