Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Agar Putin g‘alaba qozonsa, bu barchamiz uchun mag‘lubiyat bo‘ladi» – NATO Bosh kotibi Stoltenberg

«Agar Putin g‘alaba qozonsa, bu barchamiz uchun mag‘lubiyat bo‘ladi» – NATO Bosh kotibi Stoltenberg

Rossiyaning Ukraina ustidan g‘alaba qozonishi NATOning mag‘lubiyatini anglatadi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Ukrainaning g‘alaba qozonishi barchamiz uchun muhim. Agar Putin g‘alaba qozonsa, bu nafaqat Ukraina uchun, balki barchamiz uchun mag‘lubiyat bo‘ladi. Chunki bu dunyoni yanada xavfli qiladi va bizni Rossiya agressiyasiga nisbatan zaifroq qiladi», – deydi Stoltenberg.

Stoltenbergning ta’kidlashicha, NATO Ukrainaga 2014 yildan beri yordam berib kelmoqda, biroq Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin harbiy yordamni sezilarli darajada oshirgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari Bryusselda NATO mudofaa vazirlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring