Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Meni ko‘rdingmi, yig‘la»: toshdagi yozuvlar nimadan darak?

«Meni ko‘rdingmi, yig‘la»: toshdagi yozuvlar nimadan darak?

Kuchli qurg‘oqchilik oqibatida Yevropa daryolari shunchalik sayozlashib ketdiki, qadimgi ogohlantiruvchi yozuvlar yuzaga chiqib qoldi. Bu haqda «Science Alert» yozmoqda.

O‘tmishda tabiiy ofatlarga yo‘liqqan odamlar keyingi avlodlarga o‘ziga xos maktublarini toshlarga o‘yib yozishgan.

Qurg‘oqchilik, suv qahat paytlarda yuzaga chiquvchi bunday toshlar «ochlik toshlari» deyiladi.

Shunday toshlarning biri Chexiyadan boshlanib, Germaniya orqali oqib o‘tuvchi Elba daryosining qirg‘og‘ida joylashgan. Unda nemis tilida ogohlikka da’vat yozilgan: «Wenn du mich seehst, dann weine» — «Meni ko‘rdingmi, yig‘la».

Qurg‘oqchiliklar oqibatida hosil kam, oziq-ovqat yetishmagan, qahatchilik va qimmatchilik hukm surib, kambag‘allar ochlikka mahkum bo‘lgan yillarni olimlar aniqlashgan. 1417, 1616, 1707, 1746, 1790, 1800, 1811, 1830, 1842, 1868, 1892 va 1893-yillar — ana shunday og‘ir yillar.

«Ochlik toshlari» so‘nggi marotaba 2018-yilgi qurg‘oqchilik payti yuz ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring