Nurmat Otabekov: «Afsuski, emlash imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmayapmiz»
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov yurtimizdagi vaksinatsiya jarayonlariga kiritilgan eng so‘nggi o‘zgarishlar haqida intervyu berdi.
«O‘zbekistonda emlash kalendariga muvofiq 13 ta turdagi emlash mavjud. Emlash kalendarini Respublika Bosh sanitariya shifokori tasdiqlaydi. Shu asosda davlatga buyurtma beriladi va davlat bu jarayonni moliyalashtiradi.
Shuningdek, mavsumiy emlash turi mavjud. Bu muayyan kasallikning mavsumiy avj olishidan kelib chiqib emlanadi.
Bundan tashqari, dunyo hamjamiyatida singari epidemik ko‘rsatma asosida emlash ham mavjud. Bu biror kasallik avj olganda ommaviy emlashni nazarda tutadi.
Sog‘lomlashtirib emlash turi ham mavjudki, bunda bemor davolanganidan so‘ng emlanadi. Afsuski, emlash imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmayapmiz», —deydi Otabekov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter