Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi «Afrosiyob» poyezdi O‘zbekistonga keltirilmoqda

Yangi «Afrosiyob» poyezdi O‘zbekistonga keltirilmoqda

O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda zamonaviy poyezdni mamlakatimizga olib kelishga hozirladilar.

Joriy yil 20-iyulda «Afrosiyob» poyezdi Sankt-Peterburg shahridan chiqib, 4 200 km masofani Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston orqali bosib o‘tib O‘zbekistonga yetib keladi.

Shuningdek, Mustaqillikning 30 yilligi arafasida Toshkent metropoliteni uchun yangi metro poyezdlarining kelishi ham kutilyapti, deb xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, bundan 10 yil ilgari, aniqrog‘i 2011-yilda yurtimizga birinchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi olib kelingan edi. Yana sanoqli kunlardan so‘ng mamlakatimizda bunday poyezdlar soni beshtaga yetadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring