Afrikada suv inqirozi chuqurlashdi
Aholi sonining shiddat bilan o‘sishi va iqlim o‘zgarishlari Afrikada suv inqirozini yanada chuqurlashtirdi. Bu haqda «Anadolu Agency» yozmoqda.
Hozir qit’aning 1,3 mlrd aholisidan 350 mln nafari toza suv iste’mol qilish imkoniyatiga ega emas. Agarda yetarlicha sarmoya kiritilmasa, yuqoridagi raqam kattalashib boraveradi.
Prognozlarga ko‘ra, Afrika shaharlari infratuzilmasi rivojlantirilmas ekan, aholii sonining oshishi inqirozni kuchaytiraveradi.
Boshqa dunyodan farqli ravishda, Afrika mamlakatlari kerakli infratuzilma mavjud emasligi bois ishlatilgan suvni qayta ishlay olmaydi, kanallar va to‘g‘onlar qurish uchun ortiqcha milliardlab dollarlar sarflash imkoniyatiga ega emas.
Qit’adagi suv muammosi eng kuchli mamlakatlar — Eritreya, Sudan, Gvineya-Bisau, Somali, Chad va Niger.
Suv xavfsizligi bo‘yicha eng yaxshi mamlakatlar — Misr, Botsvana, Gabon, Mavrikiy, Tunis va JAR.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter