Afrikada poliomiyelit batamom yo‘q qilindi — JSST
JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Afrika qit’asida poliomiyelit butunlay yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Poliomiyelitnining yagona saqlanib qolgan tabiiy qo‘zg‘atuvchisi — yovvoyi poliovirusning 1 toifasi Afrikaning barcha mamlakatlarida batamom tugatilgani haqidagi qaror Afrika sertifikatlash bo‘yicha mustaqil hududiy komissiyasi tomonidan qabul qilindi.
Afrikaning to‘rt mamlakati — Nigeriya, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudanda poliomiyelit mavjud degan taxminlar bor edi. 2020-yil yozi boshlarida yuqoridagi komissiya a’zolari ushbu mamlakatlarni tekshirishni yakunlashdi va so‘nggi xulosani berishdi.
Poliomiyelit — bolalarda orqa miya falajiga olib keluvchi virusli kasallik. Oxirgi marta Afrikada (Nigeriya) 2016-yilda qayd etilgan. JSST virus batamom yo‘q bo‘lganiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun to‘rt yil kutishga qaror qildi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikka qarshi kurash boshlangan 1966-yildan beri 180 mingga yaqin bolaning hayoti saqlab qolingan, 1,8 million kishida falajlikning oldi olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter